Maxfiylik siyosati
2026-09-05
Turnir — futbol turnirlarini yuritish uchun ilova. Quyida qanday ma'lumot yig'ilishi, nima uchun kerakligi va uni qanday o'chirish mumkinligi yozilgan.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
Google hisobi orqali kirganingizda Google bizga sizning Google identifikatoringiz, elektron pochtangiz, ismingiz va profil rasmingiz havolasini beradi. Parolingiz bizga uzatilmaydi va bizda saqlanmaydi.
Siz o'zingiz kiritasiz: foydalanuvchi nomi (@username), yuklangan rasmlar (profil surati, jamoa gerbi), jamoa va o'yinchi nomlari, o'yin hisoblari, gol va assistlar.
Texnik ma'lumot: sessiya kaliti (imzolangan token), til va mavzu tanlovi. Bular brauzer cookie'sida yoki ilovaning xavfsiz xotirasida saqlanadi.
Ilovada reklama tarmoqlari, tashqi analitika va kuzatuv (tracking) vositalari ishlatilmaydi.
2. Nima uchun ishlatiladi
Ma'lumot faqat ilovaning o'z vazifasi uchun ishlatiladi: sizni tanib olish, turnir jadvali va statistikani hisoblash, jamoaga taklif qilish va kim nima yoza olishini belgilash.
Biz ma'lumotingizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga bermaymiz.
3. Kim ko'radi
Ismingiz, @username'ingiz va rasmingiz turnir ishtirokchilariga ko'rinadi — bu ilovaning mohiyati.
Elektron pochtangiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rsatilmaydi; u faqat hisobni aniqlash uchun ishlatiladi.
Turnir kodini bilgan va ilovaga kirgan har kim jadval va natijalarni ko'ra oladi.
4. Qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar Railway platformasidagi serverlarda, PostgreSQL bazasida saqlanadi. Aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda ketadi.
Ma'lumot hisobingiz mavjud ekan saqlanadi. Hisobni o'chirsangiz — quyidagi bandga qarang.
5. Hisobni va ma'lumotni o'chirish
Ilova ichida: Profil → «Hisobni o'chirish». Tasdiqlagach hisobingiz, profil rasmingiz va jamoa tarkiblaridagi o'rningiz darhol o'chadi.
Siz tashkil qilgan turnir va jamoalar yo'q qilinmaydi — ular boshqa a'zolarga o'tadi, chunki bu ma'lumot boshqa odamlarga ham tegishli. Sizdan boshqa hech kim qolmagan bo'lsa, ular ham o'chiriladi.
O'ynab bo'lingan o'yinlarning natijalari (hisob, gol, assist) sport tarixi sifatida saqlanib qoladi — ular hisobingizga bog'lanmagan.
Ilovaga kira olmasangiz, o'chirishni infodovudilhomov@gmail.com manziliga yozib ham so'rashingiz mumkin.
6. Bolalar
Ilova bolalarga mo'ljallanmagan. 13 yoshgacha bo'lgan bolalardan ataylab ma'lumot yig'ilmaydi. Shunday ma'lumot kelib qolganini bilsak, o'chiramiz.
7. O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi.
Savol va murojaatlar uchun: Dovud Ilhomov, 29 Navruz, Tashkent, Uzbekistan, infodovudilhomov@gmail.com, Telegram: @codestudiouz
Qo'llab-quvvatlash
Savol, shikoyat yoki hisobni o'chirish so'rovi bo'lsa — Telegram orqali yozing, biz javob beramiz.
Telegram @codestudiouz